Asosiy qismga o'tish
Vazifador

Ingliz tili ustozlari va o'quv markazlari uchun

Ingliz tili uy vazifasini tizim tuzadi va tekshiradi

Siz guruh va mavzuni tanlaysiz, savollarni ko'rib chiqib tasdiqlaysiz. O'quvchi vazifani Telegram'da yechadi. Kechqurun daftar tekshirib o'tirmaysiz.

Karta so'ralmaydiO'quvchi hech narsa o'rnatmaydi

Ustoz paneli va o'quvchi ilovasi, soddalashtirilgan ko'rinish

Qanday ishlaydi

Uch qadamda ishlaydi

  1. Mavzuni tanlaysiz

    Guruhni, mavzuni va savollar sonini belgilaysiz. Savollarni tizim tayyor bankdan oladi, yetmaganini AI tuzadi. Siz tasdiqlamaguningizcha o'quvchiga hech narsa ketmaydi.

  2. O'quvchi Telegram'da yechadi

    Botdan xabar keladi, vazifa Telegram'ning o'zida ochiladi. Har bir javobdan keyin o'quvchi to'g'ri javobni va o'zbekcha izohni ko'radi.

  3. Kim qayerda qoqilayotganini ko'rasiz

    Natijalar panelga o'zi tushadi. Qaysi mavzu kimga qiyin bo'layotgani bir qarashda ko'rinadi. Qiynalayotgan o'quvchiga bir bosishda shaxsiy vazifa berasiz.

Imkoniyatlar

Vaqt oladigan ishni tizim qiladi

Savol tuzish, tekshirish, kim nima qilganini sanash: bularni Vazifador o'z zimmasiga oladi. Siz dars berasiz va qaror qilasiz.

  • Savol yozmaysiz, kitob yuklamaysiz

    Barcha ustozlar uchun bitta umumiy savollar banki bor. Tizim kerakli savollarni o'zi tanlaydi, yetmaganini AI tuzadi. Listening uchun audio ham tayyor bo'ladi.

  • Har kimga o'z vazifasi

    «Har bir o'quvchiga shaxsiy» rejimida har kimga o'zi qiynalgan mavzudan savol tushadi. Savollar uning darajasiga mos: kuchli o'quvchi zerikmaydi, zaif o'quvchi tushkunlikka tushmaydi.

  • Writing'ni AI tekshiradi

    Ball qo'yadi, xatolarni belgilab tuzatadi, o'quvchiga o'zbekcha fikr yozadi. Daftarga yozilgan ishning rasmini ham o'qiydi. Ishonchi past bo'lsa, ishni sizga qoldiradi.

  • Xatosini o'sha zahoti tushunadi

    O'quvchi javob berishi bilan to'g'ri yoki xato ekanini ko'radi, pastda o'zbekcha «Nega?» izohi turadi. Xatosini bilish uchun keyingi darsni kutib o'tirmaydi.

  • Kim orqada qolayotgani ko'rinib turadi

    Bosh sahifada «Kim orqada qolyapti» ro'yxati bor: kim vazifa qilmayapti, kim qaysi mavzuda qoqilyapti. Shu yerning o'zidan shaxsiy vazifa yoki eslatma yuborasiz.

  • Bir savol ikki marta tushmaydi

    O'quvchi ko'rgan savol unga qayta berilmaydi. Xato qilgan mavzusi bir necha kundan keyin yangi savollar bilan qaytadi. Variantlari bor savollarda har kimga boshqa variant tushadi, ko'chirish qiyinlashadi.

Yakka ustozga ham, o'quv markazga ham

Ustoz va repetitorlar

Vazifa tuzish va tekshirishga ketadigan vaqtingiz bo'shaydi.

  • 10 savollik vazifa bir necha daqiqada tayyor bo'ladi
  • Testlarni tizim, writing'ni AI tekshiradi, siz faqat shubhali ishlarni ko'rasiz
  • Bosh sahifada bugun nima qilish kerakligi va kim orqada qolayotgani turadi
  • Panel telefon brauzerida ham to'liq ishlaydi

O'quv markazlar

Barcha ustozlar, guruhlar va o'quvchilar bitta joyda. Direktor vaziyatni bosh sahifadan bir qarashda ko'radi.

  • Har bir ustoz bo'yicha: qancha vazifa berdi, qanchalik tez tekshirdi, natija qanday
  • «Xavf ostidagi o'quvchilar»: ketib qolishi mumkin bo'lganlarni oldindan ko'rasiz
  • Excel hisobotlar: oylik, ustoz, guruh va ota-ona uchun
  • Ustoz ketsa ham guruhlar, o'quvchilar va butun tarix markazda qoladi

Bu CRM emas. Davomat va to'lovlar CRM'ingizda qoladi, Vazifador esa uy vazifasi va o'quvchi natijasi bilan ishlaydi.

Narxlar oddiy, sinov bepul

Har bir tarif bepul sinovdan boshlanadi. Karta so'ralmaydi.

  • Start

    Bir necha guruhi bor ustoz uchun

    149 000so'm / oy

    • 40 tagacha faol o'quvchi
    • Oyiga 600 ta vazifa
    • AI savollar va writing tekshiruvi
    • Speaking yo'q
  • Pro

    Tavsiya etamiz

    O'quvchisi ko'p ustoz uchun

    299 000so'm / oy

    • 120 tagacha faol o'quvchi
    • Oyiga 2 000 ta vazifa
    • AI savollar va writing tekshiruvi
    • Speaking (beta)
  • Markaz

    Bir nechta ustozi bor o'quv markaz uchun

    So'rov bo'yicha

    • Barcha ustozlar uchun umumiy limit
    • Rollar, huquqlar va harakatlar jurnali
    • Markaz tahlili va Excel hisobotlar
    • Speaking (beta)

Vazifalar o'quvchi bo'yicha sanaladi: 12 o'quvchiga bitta vazifa yuborsangiz, 12 ta hisoblanadi.

Onlayn to'lov hozircha yo'q. Bank o'tkazmasi, naqd yoki karta orqali to'laysiz, markazlarga hisob-faktura beriladi. Narxlar o'zgarishi mumkin.

Ko'p beriladigan savollar

O'quvchi biror ilova o'rnatishi kerakmi?

Yo'q. Hammasi Telegram ichida. O'quvchi botga kiradi va telefon raqamini bir marta yuboradi. Keyin vazifa «Boshlash» tugmasi bilan Telegram'ning o'zida ochiladi: login ham, parol ham yo'q.

Qanday boshlayman?

Ismingiz, telefon raqamingiz va parolni kiritasiz, keyin raqamni Telegram bot orqali tasdiqlaysiz. Panel darhol ochiladi va bepul sinov boshlanadi. Karta so'ralmaydi.

AI xato qilsa-chi?

Har bir vazifani yuborishdan oldin o'zingiz ko'rasiz, AI ikkilangan savollar sariq rang bilan belgilanadi. Yangi savollar avval sinovdan o'tadi, yomon ishlagan savol bankdan o'zi chiqib ketadi. AI writing bahosiga ishonmasa, ish sizning navbatingizga tushadi. O'quvchi ham «Javob noto'g'ri belgilanganmi?» deb e'tiroz bildira oladi.

O'quvchilarning raqamlari xavfsizmi?

Ro'yxatlarda raqamning bir qismi yashirilgan. AI'ga o'quvchining ismi ham, telefoni ham yuborilmaydi. Bir ustoz boshqa ustozning o'quvchilarini ko'rmaydi. Bot faqat o'quvchining o'z raqamini qabul qiladi, uni ham faqat tugma orqali.

Kechasi bolalarga xabar borib qolmaydimi?

Yo'q. Soat 22:00 dan 08:00 gacha bot xabar yubormaydi. Shu vaqtga to'g'ri kelgan vazifa ertalab soat 8 da yuboriladi.

Bu CRM'mi?

Yo'q. Vazifador uy vazifasi va o'quvchi natijasi bilan ishlaydi. Davomat, o'quvchi to'lovlari va dars jadvali bu yerda yo'q, ular CRM'ingizda qoladi. O'quvchilar ro'yxatini Excel fayldan qo'shsa bo'ladi. CRM bilan integratsiya hozircha yo'q.

Narxi qancha, qanday to'lanadi?

Ustozlar uchun Start oyiga 149 000 so'm, Pro oyiga 299 000 so'm. Markaz narxi o'quvchi va ustozlar soniga qarab kelishiladi. Onlayn to'lov hozircha yo'q: bank o'tkazmasi, naqd yoki karta orqali to'laysiz, markazlarga hisob-faktura beriladi.

Qaysi darajalar bor? Interfeys qaysi tilda?

Hozircha faqat ingliz tili: A1, A2, B1, B2 va IELTS. Grammatika, lug'at, reading, listening, writing va speaking (beta). Panel va o'quvchi ilovasi o'zbek tilida, lotin yozuvida, izohlar ham o'zbekcha. Rus tilidagi interfeys tayyorlanyapti.

Birinchi vazifani bugun yuboring

Ro'yxatdan o'tish bir necha daqiqa oladi. Raqamingizni Telegram'da tasdiqlaysiz va panel shu zahoti ochiladi.

Bepul sinov uchun ro'yxatdan o'tish